
"Barselona" ortga chekinmoqchi emas
Bilbaoning "Atletik" klubi va Ispaniya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Niko Uilyams hali ham "Barselona"ning qiziqishlar doirasida bo‘lib turibdi. Bu haqda El Chringuito nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Uilyamsni joriy yozgi transfer oynasidayoq qo‘lga kiritishga harakat qilib ko‘rgan, biroq bu amalga oshmagach futbolchi basklar jamoasida qoldi. Kataloniyaliklar baribir o‘z maqsadidan chekinmoqchi emas va shu sababli Niko "Barselona"ning kelasi yoz uchun asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida vinger 11 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Niko va "Atletik" o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar imzolangan. 22 yoshli ispaniyalik futbolchining transfer qiymati 70 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar