“Barselona” o‘zi ketkazgan futbolchiga xaridor

  • 14 oktabr, 2024, 19:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirda “Selta” safida o‘ynayotgan Oskar Mingeza “Barselona”ga qishda qaytishga yaqin turibdi. 

Tecno

Tv3cat xabar berishicha, kataloniya klubi 2025 yilning yanvarida o‘z tarbiyalanuvchisini 10 million evroga sotib olmoqchi.

25 yoshli ispan 2022 yilgacha “ko‘k-anorranglilar” tarkibida to‘p surgan. Keyinchalik esa Oskar, 6 million evro evaziga “Selta”ga o‘tgan edi. 

Mingeza “Barselona” asosiy tarkibida 66 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 2 ta gol bilan 5 ta assist hisobiga yozdirib qo‘ygan. Uning “Selta” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!