
"Barselona" Portugaliya terma jamoasi a’zosining boshqa jamoaga o‘tganini e’lon qildi
“Barselona” matbuot xizmati klubyu rasmiy saytida portugaliyalik yarim himoyachi Fransisko Trinkaoning “Sporting” jamoasiga ko‘chib o‘tganini e’lon qildi.
Manbaga ko‘ra, Portugaliya klubi futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan 2023 yilning yoziga qadar ijaraga olgan. Aytish kerakki, Trinkao o‘tgan mavsumda ijara asosida "Vulverxempton"da o‘ynagan edi.
22 yoshli Trinkau 2020 yildan beri “Barselona” futbolchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida klub safida jami 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Portugaliya terma jamoasi safida 7 ta o‘yin o‘tkazgan.
Fikrlar