«Barselona» Rodri bo‘yicha bitim amalga oshishiga ishonmoqda

  • 08.08.2026 13:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» rahbariyati «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandesni yozgi transfer oynasi yakunlanguncha jamoaga qo‘shib olishga ishonch bilan qaramoqda.

 

Italiyalik insayder va jurnalist Fabrizio Romano tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar 30 yoshli ispaniyalik futbolchi transferi bo‘yicha kelishuvga erishishlariga amin. Ayni paytda o‘yinchining o‘zi ham «Barselona» safiga o‘tish istagini bildirgani qayd etilmoqda. 

 

Rodri «Manchester Siti» rahbariyatiga katta hurmat ila aynan «Barselona»ga o‘tishni xohlayotganini aytgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniya klubi yarim himoyachi uchun 45 million yevro miqdorida asosiy to‘lov va qo‘shimcha ravishda 15 million yevro bonus taklif qilishga tayyor.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ommaviy axborot vositalarida Rodriga madriddlik «Real» tomonidan ham jiddiy qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!