
"Barselona"da "pichoqqa ilinadigan" futbolchi qolmadi
Joriy yil yakunlariga ko‘ra "Barselona"ning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
"Ko‘k-anorranglilar"ning muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari bo‘yicha Pedri eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. U ishtirokchilarning 30,67% ovoziga ega chiqqan.
19 yoshli iste’dod sohibi bu borada Ronald Arauxo (27,11%) hamda Mark-Andre ter Shtegenni (7,29%) ortda qoldirdi.
Qiziqarlisi, Pedri bu mavsum kataloniyaliklar libosida atigi 21 uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga bor-yo‘g‘i 4 gol va 1 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar