"Bavariya" "Barsa" himoyachisini sotib olmoqchi

  • 28 noyabr, 2023, 04:44
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariyaqishki transferlar oynasida markaziy himoyachi sotib olishni reja qilgan. Variantlar orasiga "Barselona" vakili Ronald Arauxo ham qo‘shildi, deya xabar bermoqda "Sky Sports" nashri. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar o‘rtasida hali muzokaralar boshlangani yo‘q. Myunxenliklar 24 yoshli himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun ikki yildan beri harakat qilmoqda, lekin u Kataloniyada qolishni avzal ko‘radi. 

Arauxoning "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan. Shuningdek, urugvaylikning tovon puli 1 milliard evro. 

"BavariyaRonalddan tashqari "Arsenal" futbolchisi Takexiro Tomiyasu va "Manchester Yunayted" a’zosi Rafael Varanni ham kuzatib bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!