
"Bavariya" Xavi bilan kelishib oldi
"Bavariya" yozning eng katta transferlaridan birini amalga oshirishga harakat qilmoqda. Jamoaning ayni paytdagi asosiy rejasi Xavi Simons bilan shartnoma imzolashdir.
Florian Plettenberg xabar berishicha, futbolchi bilan myunxenliklar kelishib olgan. Endi klublar muzokaralarni boshlashi kerak bo‘ladi.
Simonsni PSJ sotmoqchi emas. Uni parijliklar ijaraga berishni maqsad qilgan. Kurashda "Bavariya" yolg‘izmas, "Leyptsig" ham niderlandiyalik yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda.
"Barselona" Xavini ortga qaytarish ustida ishlayotgani borasida mish-mishlar bor edi, lekin hozir kataloniyaliklar bu transfer ustida ishlamayotganga o‘xshamoqda.
Fikrlar