“Bavariya”da faqat bitta oʻyinchi norozi!

  • 27.02.2026 05:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Senegallik hujumchi Nikolas Jekson “Bavariya”dagi holatidan norozi. Bild nashri ma'lumotiga ko‘ra, u jamoada o‘yin vaqti kamligidan norozi bo‘layotgan yagona futbolchi hisoblanadi.

Jeksonning hafaligi jamoa ichida sezilmoqda. Qolgan futbolchilar cheklangan rolga ko‘nikib, ko‘proq o‘yin vaqtiga erishishga harakat qilmoqda va tarkibga kirish uchun kurashyapti.

“Bavariya” Nikolas Jeksonni 2025 yilning sentyabrida “Chelsi”dan mavsum oxirigacha ijaraga olib, bu kelishuv doirasida 16 million yevro to‘lgan edi.

Myunxenliklarda hujumchini 65 million yevro evaziga sotib olish imkoniyati ham bor. Biroq “Bavariya” rahbariyati asosiy tarkibga kira olmayotgan yulduzni qimmat narxga sotib olishdan ko‘ra, uni Londonga qaytarib yuborishni ma'qul ko‘ryapti.

Joriy mavsumda senegallik futbolchi 22 o‘yinda 5 gol urdi va 1 assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!