"Bayer" Bonifaseni ijaraga berdi

  • 01.09.2025 23:47
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Viktor Bonifase "Bayer"dan "Verder"ga o‘tdi.

Bremen klubi 24 yoshli hujumchini mavsum oxirigacha ijaraga olganini e’lon qildi. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Verder" futbolchining maoshining bir qismini to‘lab beradi.

Avvalroq, "Milan" nigeriyalik o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishdan voz kechgandi - tibbiy ko‘rik paytida Bonifasening salomatligida muammolar aniqlangan.

Bundesliganing o‘tgan mavsumida hujumchi 19 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!