Bektemir Meliqo‘zievning sparring raqibi "Top Rank"dan haydaldimi?

  • 19 iyul, 2020, 17:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

“Top Rank” promouterlik kompaniyasi super o‘rta vaznda (76 kg) sobiq WBO chempioni, hozirda faoliyatini yarim og‘ir vaznda (79 kg)  davom ettirayotgan meksikalik Gilberto "Zurdo" Ramires bilan shartnomani bekor qildi. Mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirayotgan ushbu charmqo‘lqop ustasi bilan Bob Arum tashkiloti hamkorlikni to‘xtatganligining to‘liq tafsiloti ma’lum emas. Shunisi aniqki, Ramires endi erkin agent hisoblanadi.

Tecno

Gilberto Ramires professional boksda shu vaqtga qadar, 40 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Ularning 26 tasida raqiblarini muddatidan avval mag‘lubiyatga uchrata olgan. Bokschi o‘tgan yili o‘ziga tegishli bo‘lgan super o‘rta vazndagi WBO chempionlik kamarini vakant qilib, yarim og‘ir vaznga o‘tgandi. Hozirda Ramires ushbu vazn toifasida ham WBO reytingida birinchi o‘rinda bormoqda.

Biz uchun ahamiyatli jihati, Gilberto Ramires hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev bilan sparring janglarida ishtirok etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!