Bel olish va uch kurash bo‘yicha mamlakt chempionati o‘tkazildi

BEPUL PROPAN

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 11 -14 mart kunlari Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanidagi sport maktabiga qarashli markaziy o‘yingohda Bel olish va uch kurash bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston bel olish va uch kurash assotsiatsiyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida dastlab 11-12 mart kunlari o‘smirlar va qizlar hamda kichik o‘smirlar va qizlar o‘rtasida bel olish va uch kurash bo‘yicha kuchlilar aniqlangan bo‘lsa, 13-14 mart kunlari uch kurash bahlarida g‘oliblar saralandi. Demak, quyida g‘olib- sportchilar bilan tanishamiz.
Kichik o‘smirlar
Uch kurash kiyimsiz yo‘nalishi
20 kg. Asilbek Nazirxo‘jaev (Farg‘ona), 22kg. Akbarshoh Jo‘raqulov (Jizzax), 24kg. Xumoyun Qobilov (Toshkent v.), 26 kg. Emin Mo‘minoxunov (Toshkent v.), 28 kg. Muhammadyusuf Shokiraliev (Jizzax), 30kg. Abdug‘ani Umaraliev (Farg‘ona), 33 kg. Husanjon Umrzoqov (Farg‘ona), 37 kg. Diyorbek Ikromjonov (Toshkent v.), +37 kg. Xondamir Xamroev (Toshkent v.)
O‘smirlar
50 kg. Ozodbek Shaxirov (Toshkent sh.), 53 kg. Hojiakbar Parpiboev (Farg‘ona), 56 kg. Zoidjon Karimjonov (Namangan), 59 kg. Xumoyun Miraxmatov (Toshkent v.), +59 kg. Asilbek Avazbekov (Andijon).
Uch kurash kiyimsiz yo‘nalishi
O‘smirlar
26 kg. Shodibek Odilov (Farg‘ona), 28kg. Durbek Muhammadjonov (Farg‘ona), 30 kg. Abdulaziz Hotamov (Toshkent v.), 32kg. Muhammadaziz Alijonov (Farg‘ona), 35 kg. Jaslan Abduqayumov (Toshkent v.), 38kg. Jamshid Jalilov (Toshkent v.), 41kg. Muhammadyusuf Sodiqov (Andijon), 44 kg. Zikrillo Ortiqaliev (Farg‘ona),
47 kg. Javohir Tursunboev (Andijon).
Musobaqa yakunida har bir vazn toifasida kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!