
Belarus chempionatining bu turi legionerlarimiz uchun muvaffaqiyatli keldi
Belarus chempionati 29-turidan o‘rin olgan "Torpedo" - "BATE" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu uchrashuvda hamyurtimiz Shahboz Umarov o‘z hisobiga assist yozdirib qo‘ydi.
Shuningdek, "Energetik" - BGU - "Slaviya Mozir" o‘yinida hamyurtlarimiz Shahzod Ubaydullaev va Bobir Abdixoliqov to‘p tepayotgan klub 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shunday bo‘lsa-da, mazkur bahsda hamyurtimiz Shahzod Ubaydullaev o‘z hisobiga bittadan gol va assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar