Belinda Benchich “Kooyong Classic – 2018” g‘olibi

Avstraliyada shveytsariyalik tennischi Belinda Benchich “Kooyong Classic – 2018” turnirining final uchrashuvida germaniyalik Andrea Petkovichga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

Ko‘rgazmali musobaqaning ushbu o‘yinining birinchi setida 3:6 hisobida mag‘lub bo‘lgan Belinda qolgan setlarda  6:4, 10:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Belinda Benchich “Kooyong Classic – 2018” ko‘rgazmali turnirining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Sports.uz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!