Bellingem EChL bahsida maydonga tusha oladimi?
Jud Bellingem "Braga" bilan o‘yin oldidan umumiy guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazdi.
"Real" yarim himoyachisi o‘tgan yakshanba kuni "Rayo Valekano"ga qarshi (0:0) La Liga o‘yinida jarohat olgandi. Tekshiruv Bellingemning elkasi chiqib ketganini, ammo jarohat unchalik katta emasligini aniqladi.
"As" xabariga ko‘ra, Bellingem "Real"ning ertaga bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi doirasida "Braga"ga qarshi o‘yini oldidan so‘nggi umumiy mashg‘ulotlarda mashq qilgan.
Shunday bo‘lsa-da, Anchelottining so‘zlariga ko‘ra, u mashg‘ulotlarning yakuniy qismida ishtirok etmagan. Uning ertangi bellashuvda maydonga tushishi so‘roq ostida.

Fikrlar