Bellingem tez orada yakka tartibdagi mashg‘ulotlarni boshlaydi

  • 7 sentabr, 11:38
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" klubining hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem to‘p bilan mashg‘ulotlarni boshlashga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "Marca" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi keyingi haftadan boshlab to‘p bilan yugurish mashqlarini boshlashni rejalashtirmoqda. Shuningdek, uning umumiy guruh mashg‘ulotlarida qisman qatnashishi ham ehtimoldan xoli emas. Bellingem o‘zini juda yaxshi his qilmoqda va imkon qadar tezroq jamoasiga yordam berishni istayapti.

Eslatib o‘tamiz, Bellingem elkasidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgani sababli, joriy mavsumda hali maydonga tushgani yo‘q. "Real"ning navbatdagi o‘yini 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Xabi Alonso shogirdlari safarda "Real Sosedad" jamoasiga qarshi bellashadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!