Bellingemdan “Real”ga noxush xabar keldi

  • 22.02.2026 11:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” murabbiylar shtabi jamoaning yetakchi oʻyinchilaridan Jud Bellingem qachon maydonga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob topolmay qiynalyapti.

Angliyalik futbolchi Ispaniya chempionati  doirasida 1 fevral kuni “Rayo Valyekano” jamoasiga qarshi oʻyinida jarohat olgan edi. Unda son orqa qismi mushagi shikastlangani aniqlandi.

Diario AS nashri maʼlumotiga koʻra, madriddliklar hali ham futbolchining qaytish sanasini aniqlay olgani yoʻq.

Avvaliga Bellingem taxminan toʻrt hafta maydondan tashqarida boʻladi, degan xulosa berilgan edi. Ammo hozir uning jarohati holati tiklanish uchun yanada koʻproq vaqt kerakligini koʻrsatmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!