
Besh futbolchi Sulsherni qiynamoqda
“Manchester Yunayted” bosh murabbiy Sulsherning rejalariga kirmaydigan besh nafar futbolchini boshqa klubga o‘tishga ko‘ndira olmayapti.
Himoyailar Fil Jons, Kris Smolling, Markos Roxo, yarim himoyachi Andreas Pereyra va darvozabon Serxio Romero MYudan ketgan taqdirda maoshi qisqarishiga rozi bo‘lmayapti. Bundan tashqari, ular manchesterliklardan shartnomani bir tomonlama bekor qilayotgani bois kompensatsiya ham talab qilmoqda.
Ayni paytda Smollingga “Roma” xaridor bo‘lmoqda. Romeroning javobini “Aston Villa”, “Everton” va “Lids” kutayotgan bo‘lsa, Pereyra oldida “Benfika” va “Valensiya” variantlari bor. Roxo o‘z yurtiga qaytib, “Boka Xuniors” sharafini himoya qilishi mumkin.
Fikrlar