Beyl bankrot bo‘lishdan qo‘rqishini aytdi

  • 16 oktabr, 15:01
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Garet Beyl o‘zining moliyaviy xavotirlari haqida gapirdi. Uning ta’kidlashicha, u har doim bankrot bo‘lishdan qo‘rqqan va shu sabab hashamatli hayotdan o‘zini tiygan.

Tecno

“Meni har doim bir narsa qo‘rqitardi — professional sportni tark etganidan keyin ko‘plab sportchilar bankrot bo‘lib qolishi haqidagi maqolalarni o‘qish. Ular pullarini boshqara olmaydi, keyingi hayotlarini qanday qurishni bilmaydi.

Ko‘plab sportchilar hashamatli hayot kechirishadi, men esa bunday qilishni xohlamayman. Har doim futboldan keyingi hayotim haqida o‘ylab kelganman. Axir, faoliyat tugasa, maosh ham tugaydi. Shu paytda odamlar hayotlarini qanday yo‘naltirishadi, deb o‘ylayman.

Shuning uchun men boshidanoq daromad manbalarimni turli yo‘nalishlarda shakllantirishga harakat qilganman. Har doim pullarimni turli sohalarga sarmoya qilish g‘oyasi bo‘lgan. Agar bir yo‘nalish ish bermasa, boshqalari uning o‘rnini bosishi mumkin”, — deb keltiradi Beylning so‘zlarini "Marca" nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!