
Beyl professional golf turnirida debyut qildi (Video)
Uelslik sobiq futbolchi Garet Beyl o‘zining professional golf turniridagi debyutini o‘tkazdi.
"Real Madrid"ning sobiq futbolchisi Kaliforniyadagi "Pebble Beach Pro-Am on PGA Tour"da o‘ynaydi.
Beyl amerikalik professional Jozef Bramlett bilan juftliqda harakat qilmoqda. Ular birinchi kundan keyin 18-o‘rinda bormoqda.
Sobiq futbolchi to‘pni oxirgi teshikka olib chiqish uchun 65 zarba sarfladi.
Eslatib o‘tamiz, 9 yanvar kuni Garet futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. U 5 marta Chempionlar Ligasi, 4 marta Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, 3 marta La Liga, ikki marta Evropa Superkubogi, Ispaniya Superkubogi va bir marta Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar