Bir hujumchini besh klub talashyapti

  • 29.07.2025 07:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bundesligada “Bayer” sharafini himoya qilayotgan tajribali hujumchi Patrik Shik yangi mavsumni boshqa klubda boshlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Yozgi transferlar bozorida 29 yoshli futbolchini olishga harakat qilayotgan klublar soni tobora ortib boryapti. Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, Shik to‘rtta mamlakatdan beshta klub nishoniga tushdi.

Manbaga ko‘ra, Italiya A Seriyasidan “Milan” va “Roma” chexiyalik o‘yinchini tezroq o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda.  Qolaversa, Bundesliganing o‘zidan “Leyptsig”, Angliyadan “Vest Xem” va Frantsiyadan “Monako” hujumchiga ish berishga tayyor.

Ekrem Konur da’vogar klublar o‘rtasidagi “Milan” favorit ekanini ta’kidladi. Milanliklar sport direktori Igli Tare transfer bo‘yicha ish boshlab yuborgan.

Transfermarkt portali chexiyalik forvardni 27 million evroga baholayapti. Shik o‘tgan mavsumda “Bayer” safida barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 27 marotaba ishzol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!