
Bobir Abdixoliqov gol urgan o‘yinda "Energetik-BGU" chempionatda qolish masalasini hal etdi
Bugun Belarus chempionatining so‘nggi 30-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Legionerlarimiz Shahzod Ubaydullaev va Bobir Abdixoliqov harakat qilayotgan "Energetik-BGU" safarda "Isloch" mehmoni bo‘lib, yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Talabalar"ning dastlabki goliga hamyurtimiz Abdixoliqov mualliflik qildi. Ubaydullaev esa o‘yin qaydnomasidan o‘rin olmadi.
Mazkur g‘alabadan keyin, "Energetik-BGU" ochokolar sonini 33taga etkazib, 12-o‘ringa ko‘tarildi va chempionatda qolish masalasini hal qildi.
Fikrlar