Boks olami superjangga tayyorlanmoqda

  • 8 yanvar, 2017, 20:30
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN
 
 
Professional boksning WBC yo‘nalishi rahbari Maurisio Sulaymon WBO chempioni va jahon reytingi etakchisi, meksikalik Saul Alvares (48-1-1, 34 KO) va uning hamyurti, WBC sobiq chempioni Xulio Sezar Chaves (50-2-1, 32 KO) o‘rtasida superjang tashkil etish uchun maxsus chempionlik kamari yasatishi mumkinligini e’lon qildi.
 
- Professional boksning ikki afsonasi o‘rtasidagi jang nafaqat Meksika xalqini, balki butun dunyodagi muxlislarning qiziqishiga sabab bo‘ladi, - dedi Maurisio Sulaymon. - Bu jang bo‘yicha muzokaralar uzoq vaqtdan buyon davom etmoqda. Boks olami uchun o‘ta muhim sanalgan bu jangga maxsus sovrin qo‘yiladi.
 
26 yoshli Saul Alvares ikki vaznda WBO va WBC chempionlik kamari sohibi hisoblanadi. Undan o‘n yosh katta bo‘lgan Xulio Sezar Chaves esa uzoq yillar davomida WBC yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lgan va 2012 yilda kamarini Serxio Martinesga yutqazib qo‘ygan.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!