Boks. Shodiyorjon Meliqo‘ziev Osiyo chempioni

  • 11 dekabr, 2024, 13:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Biroz avval Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionatining final bahslari boshlandi.

Tecno

Ushbu hal qiluvchi janglarning dastlabkisida hamyurtimiz 48 kg da Shodiyorjon Meliqo‘ziev va Qozog‘iston vakili Sanjar Tashkenbay bilan qit’ada kim tengsiz ekanligiga oydinlik kiritishdi. 1-raundda ustunlikka erishgan bokschimiz, 2-raundda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Hal qiluvchi raundda Shodiyorjon raqibini nokdaun holatiga tushirdi va yakunda 4:1 hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo chempioniga aylandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!