Boks. Toshkentdagi janglar boshqa sanaga ko‘chirildi

  • 23 yanvar, 20:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Avvalroq, 28 yanvar kuni Lift promousheni navbatdagi professional boks oqshomini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. Biroq bugun mazkur kecha 29 yanvarga ko‘chirilgani ma’lum bo‘ldi. 

Bahslarning o‘tkazilish joyi esa o‘zgargani yo‘q. Rejalashtirilganidek janglar poytaxtimizdagi "Yunusobod sport majmuasi"da tashkil etiladi. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu oqshomda bir qator bokschilarimiz ringga ko‘tariladi. Ular orasida Suhrob Qayumov, Lazizbek Mullajonov va Abdumalik Halakov ham o‘rin olgan.

Charm qo‘lqop ustalarimizning raqiblarini tez orada ma’lum qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!