Bokschilarimiz Osiyo chempionatidagi yurishini boshladi!

  • 06.07.2026 18:15
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Indoneziyaning Jakarta shahrida start olgan, boks bo‘yicha Osiyo chempionatida birinchi bo‘lib, U23 yosh toifasi, -50 kg vazndagi vakilimiz Amirbek Ismoilov ringga ko‘tarildi.  U hindistonlik amaldagi kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempioni Vishvanatan Sureshga qarshi bahs yuritdi. Qiyin kechgan qarama-qarshilikda Ismoilov 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

-65 kg vazn toifasidagi vakilimiz Ilhomjon Ergashov ham Osiyo chempionatida o‘z yurishini boshladi. 
U qatarlik Faysal Muhammadga qarshi jang qildi. Birinchi raunddan so‘ng, raqib jangdan bosh tortdi va g‘alaba vakilimizga topshirildi.

-55 kg vaznda U23 toifasidagi vakilimiz Faryozbek Do‘smatov, Osiyo chempionatining ilk bosqichida filipinlik Eljay Pamisa bilan to‘qnash keldi. Jangni ajoyib tarzda o‘tkazgan kichik Do‘smatov ishonchli tarzda 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

-60 kgdagi iqtidorli vakilimiz Abdurahmon Mahmudjonov ham Osiyo chempionatida birinchi jangini o‘tkazdi. U mo‘g‘ulistonlik Dulgunsaixan Kharhuga qarshi qiziqarli bahs o‘tkazdi. Texnik va taktik jihatdan kuchliroq bo‘lgan Mahmudjonov yakunda 5:0 hisobida zafar quchib, g‘alabali yurishini boshladi.

Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!