
Boku-2017 musobaqasi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi (foto)
Bugun poytaxtimizdagi "Olimpiya shon-shuhrati muzeyi"da Bokuda bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi "Islom birdamlik o‘yinlari"da sovrindor bo‘lgan sportchilarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tabdirda shuningdek, 27 iyun Matbuot va OAV xodimlari kuni munosabati bilan sport sohasida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar va OAV xodimlari ham taqdirlanishdi.
Marosimda Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Alisher Sultonov, bosh kotib Oybek Kasimov, Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov, federatsiyalar vakillari, sportchilar va OAV vakillari ishtirok etdilar.
Boku-2017 musobaqasida terma jamoamiz hisobiga oltin medalni qo‘shib qo‘ygan sportchilarimiz 10 million so‘m, kumush medali egalari 5 million so‘m, bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchilarga esa 3 million so‘mdan mukofot puli bilan taqdirlanishi ma’lum qilindi.
Bundan tashqari Mirzahakim To‘xtamirzaev, Nodirxo‘ja Yuldashev, Kamoliddin Alimov, Davron Fayziev, Diyor Imomxo‘jaev, Sanjar Rizaev, Timur Nizaev va boshqalar Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi tomonidan taqdirlandilar.
Fikrlar