Braim Dias A Seriyaga yo‘l olishi mumkin!

  • 08.07.2026 15:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning «Yuventus» klubi Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Braim Diasni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

 

Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, hozircha klublar va futbolchi tomoni muzokara jarayonida. Shu bilan birga, Braim Diasning o‘zi «Real» asosiy tarkibi uchun kurashish niyatida ekanini ta’kidlamoqda. U madridliklar safida 2019 yildan beri to‘p surib kelmoqda.

 

O‘tgan mavsumda Braim «Real» tarkibida 44ta o‘yinda maydonga tushib, ikki gol va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!