
Breaking! Yurgen Klopp "Liverpul"ni tark etishga qaror qildi
"Liverpul" o‘z sahifasi orqali muxlislar uchun biroz noxush xabarni e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, Yurgen Klopp mavsum so‘nggida jamoani tark etishga qaror qilgan.
2015 yilda mersisaydliklarni qabul qilib olgan germaniyalik murabbiy oradan 9 yil o‘tib, jamoa bilan xayrlashmoqda. Uning keyingi manzili hali aniq emas.
Yurgen qo‘l ostida "qizillar" Chempionlar ligasi, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, APL va Angliya liga kubogi kabi yirik turnirlarda zafar quchdi. Ayni paytda ham klub Premer-ligani qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda.
Fikrlar