Bu ko‘rsatkich uchun AQShga salkam yuz yil kerak bo‘ldi

  • 30.11.2022 22:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qatardagi jahon chempionatida AQSh terma jamoasi guruhdagi uchinchi uchrashuvini Eron futbolchilariga qarshi o‘tkazib, minimal hisobda g‘alaba qozondi.

Bitta g‘alaba va ikkita durang qayd etgan amerikaliklar mundialning pleyy-off boqichiga yo‘llanma oldi.

Bu galgi jahon chempionatida AQSh futbolchilari guruh bahsining ketma-ket ikkita bellashuvida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Xuddi shu ko‘rsatkichni amerikaliklar bundan qariyb yuz yil muqaddam – 1930 yili Urugvayda bo‘lgan birinchi jahon chempionatida qayd etgan edi.

Amerikliklar jahon chempionatidagi birinchi g‘alabasini ancha kech – 2014 yili nishonlagan. O‘shanda ular eronliklarni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!