Bu mavsum birorta ham gol urolmagan Mouraning "Tottenxem"dagi taqdiri nima bo‘ladi?

  • 7 fevral, 2023, 11:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik yarim himoyachi Lukas Moura joriy mavsum yakunida “Tottenxem”ni tark etadi. UOL nashri xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi "shporlar" bilan joriy mavsum oxirida tugaydigan shartnomasini yangilamaydi.

Tecno

Mourida faoliyatini Premer-liganing boshqa klublarida, shuningdek, Italiya va Frantsiya chempionatlarida davom ettirish imkoniyati bor. U kelajagiga ishonch hosil qilish uchun yangi klubi bilan kamida uch mavsumga shartnoma imzolashni reja qilmoqda.

Lukas Moura joriy mavsum Angliya Premer-ligasida jami 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!