
Bu sovrin va EChL yo‘llanmasi seni qutqarmaydi!
“Tottenxem” rahbariyati jamoa Evropa ligasida g‘olib chiqqaniga qaramay, bosh murabbiyi Ange Postekogluni lavozimidan ozod etishga qaror qildi.
Football Insider nashrining yozishicha, 17 yillik tanaffusdan keyin qo‘lga kiritilgan xalqaro miqyosdagi nufuzli sovrin ham avstraliyalik mutaxassisni iste’fodan qutqarib qola olmadi.
Bunga jamoaning Angliya Premer-ligasidagi qoniqarsiz natijalari sabab bo‘ldi. “Shporlar” mavsumni 17-o‘rinda yakunladi.
Ta’kidlash joizki, Ange Postekoglu faoliyati davomida Avstraliya, Gretsiya, Yaponiya va Shotlandiya chempionatlarida ishlagan va uning aksariyat jamoalari milliy chempionatlarda g‘olib chiqqan.
Endi “Tottenxem” jamoani Angliya Premer-ligasiga va Evropa Chempionlar ligasiga puxta tayyorlay oladigan boshqa mutaxassis topishi talab etiladi.
Fikrlar