
Bu transferdan keyin “Real”ni engib bo‘lmay qoladi
Kilian Mbappening “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tishi 2024 yilning eng katta transferi bo‘lishi kutilmoqda.
Shunga qaramay, “Real” mutasaddilari kelasi yozda ham transfer bozorini portlatishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Relevo nashrining yozishicha, madridliklar “Bayer”ni ilk bor Germaniya chempioni bo‘lishiga ulkan hissa qo‘shan Florian Virtsni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
21 yoshli futbolchi anchadan beri Evropaning eng qudratli klublari nishonida turibdi. Virts bu mavsum Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.
Virtsning “Bayer” bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan. Iqtidorli o‘yinchi kelasi mavsumni ham Leverkuzen klubida o‘tkazishga qaror qilgan.
“Real” esa, kelasi mavsum davomida Florianni Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga harakat qiladi.
Fikrlar