Bugun Eldor Shomurodov - Frank Riberi duelini ko‘rishimiz mumkin

  • 7 dekabr, 2020, 19:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha soatlardan so‘ng A Seriya 10-turidan o‘rin olgan "Fiorentina" - "Jenoa" bahsi start oladi. 

Tomonlar bellashuv uchun qaydnomalarni e’lon qildi. Genuyaliklar ustozi e’lon qilgan futbolchilar ro‘yxatida Eldor Shomurodov ham bor. Mezbonlar bosh murabbiyi Chezare Prandelli ham qaydnomani ma’lum qildi. Unda Frank Riberi o‘rin olgan.

Bugun "Jenoa" o‘ynaydi. Eldor Shomurodovchi?

Eoj9rW_XMAAzOfw

"Jenoa"ning bugungi uchrashuv uchun qaydnomasi (Foto)

Frantsiyalik yulduz florentsiyaliklar safida joriy mavsum 7 turda maydonga tushgan. Ammo raqiblar darvozasini ishg‘ol qila olmagan. Hamyurtimiz esa "Jenoa" tarkibida 4 o‘yinda bitta gol urdi. Italiyalik jurnalistlar uchrashuvda Riberi va Shomurodov ishtirok etishini yozmoqda. Bu esa hamyurtimiz yaqin yillarda ajoyib o‘yinlar o‘tkazgan Riberiga qarshi o‘ynashini anglatadi.

Bellashuvga oz qoldi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadi.

ribery7

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!