"Jenoa"ning bugungi uchrashuv uchun qaydnomasi (Foto)

  • 7 dekabr, 2020, 17:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jenoa" bugun bo‘lib o‘tadigan A Seriya 10-turidan o‘rin olgan bahsda "Fiorentina" bilan bellashadi.

Tecno

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45da start oladi. Bu genuyaliklar ustozi Rolando Maran uchun oxirgi imkoniyatlardan biri bo‘lishi mumkin. Chunki Eldor Shomurodov jamoasi turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda. Mazkur bahsda ularni faqat va faqat g‘alaba qoniqtiradi.

Lekin "Fiorentina"da ham vaziyat "Jenoa"nikidan biroz yaxshiroq xolos. Shu bois o‘yinning ahamiyati ikki tomon uchun juda muhim. Bizni ajoyib bellashuv kutmoqda.

"Jenoa" klubi matbuot xizmati mazkur o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi. Hujumchimiz Eldor Shomurodov ro‘yxatdan o‘rin oldi.

Bugun "Jenoa" o‘ynaydi. Eldor Shomurodovchi?

EooeuBFW4AE19_g

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!