
Bugun final! Jokovich navbatdagi "Ulkan toj" uchun Ruud bilan bellashadi
Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Frantsiya ochiq chempionati tobora o‘z yakuniga yaqinlashmoqda.
Bugun erkaklar o‘rtasidagi bahslar finali bo‘lib o‘tadi. Unda Novak Jokovich norvegiyalik Kasper Ruudga qarshi kortga chiqadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Serbiyalik raketka ustasi final ostonasida turnirning birinchi tennischisi Karlos Alkarasdan 4 setda ustun kelgandi. Ruud esa germaniyalik Aleksandr Zverevni 3 setda mag‘lub etgan.
Fikrlar