Angliya Premier-ligasining 26-tur bahslari bugun davom ettiriladi.

Kecha tumanli albionda mazkur turning 4ta bellashuv bo‘lib o‘tgan edi. Bugun esa yana 5ta o‘yin o‘tkaziladi. Shak-shubhasiz "Manchester Siti" "Fulxem" uchrashuvi kunning markaziy bahsi deb qaraladi. Ketma-ket 10ta uchrashuvdan buyon "shaharliklar"ning asosiy tarkibidan joy olib kelayotgan Abduqodir Husanov katta ehtimol bilan bugungi bellashuvni ham boshlang‘ich tarkibda boshlasa kerak. Har holda Pep Gvardiola intervyusida shunga shama qilgandi. "Manchester Siti" uchun mazkur o‘yindagi g‘alaba suv va havodek zarur. Sababi agar jamoa ochko yo‘qotsa peshqadam "Arsenal" bilan oradagi farq yiriklashib ketishi mumkin.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:30da start oladi.

Image

Bundan tashqari bugungi o‘yinlar jadvali bilan tanishing

"Aston Villa" - "Brayton"   00:30

"Kristal Pэlas" - "Bёrnli"   00:30

"Nottingem Forest" - "Vulverxempton"   00:30

"Sanderland" - "Liverpul"   01:15

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!