
Bugun o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati start oladi
Bugun O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasiga qarashli "Universal" sport saroyida o‘smirlar o‘rtasidagi 2019 yilgi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tadi. 28 noyabrga qadar davom etadigan musobaqada qiz bolalar va o‘g‘il bolalar 10tadan vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.
Dastlabki kungi bahslarda qizlar -46, -55 va -68 kg, o‘g‘il bolalar esa -45, -55 va +78 kg vazn toifalarida dayanga chiqishadi.
Bo‘lajak taekvondo yulduzlari ishtirokidagi qiziqarli bahslarga marhamat.
Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar