Bugun o‘zbekcha derbi bor

  • 27.01.2026 13:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

Niderlanianing Veyk-an-Zee shahri mezbonliik qilayotgan "Tata Steel Chess 2026" turnirining 8 turi ortda qoldi. 

Ayni vaqtda hamyurtlarimiz musobaqa turnir jadvalining yuqori o‘rinlarida bormoqda. Nodirbek Abdusattorov 5.5 ochko bilan birinchi o‘rinni egalab turgan bo‘lsa, Javohir Sindarov 5 ochko bilan ikkinchi pog‘onani band etib turibdi.

Bugun yurtimizdagi shaxmat ishqibozlari o‘zbekcha derbiga guvoh bo‘lishadi. Musobaqaning to‘qqizinchi turi doirasidagi markaziy qarama-qarshilik Sindarov va Abdusattorov o‘rtasida kechadi.  Javohir oq donalarda Nodirbek bilan bellashadi.

Ahamiyatli jihati shundaki, mazkur bellashuv durang bilan yakunlanadigan bo‘lsa, turnir jadvalining yuqori qismida o‘zgarish sodir bo‘lmaydi.

Bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:45da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!