“Bukhara Open” xalqaro turnirida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi

  • 17 mart, 16:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Buxoroda o‘smirlar va kichik yoshdagi o‘smir dzyudochilar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Tecno

Ilk bor tashkil etilgan xalqaro turnirda yurtimiz dzyudochilaridan tashqari qo‘shni respublikalardan kelgan o‘smirlar ham medallar uchun tatamiga chiqishdi. Musobaqa 2009-2011 hamda 2012-2014 yillarda tug‘ilgan dzyudochilar bir nechta vazn toifasida bahs olib borishdi.

“Bukhara Open” turnirining tantanali ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimligi, viloyat Sport boshqarmasi mutasaddilari so‘zga chiqib, ishtirokchilarga omad tilashdi.   

Yakunda g‘olib va sovrindorlar medal, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Давлат
17/03/2025 18:29
Совриндорларни ФИШ кани