
Bunaqa maosh turganda Evropada nima qilaman?
Evropa futbolining eng yorqin hujumchilaridan biri Viktor Osimxen faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirib, moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilab olishga qaror qildi.
Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, nigeriyalik futbolchi “Al-Hilol” bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelib olgan.
Unga ko‘ra, 26 yoshli to‘purar shayxlar bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan bitim tuzadi va unga binoan har mavsum uchun 35 million evrodan maosh oladi.
Osimxenning transfer huquqi “Napoli”ga tegishli. O‘tgan yili yozda hujumchi jamoa rahbariyati bilan kelisha olmay qolgani uchun mavsumni ijara asosida “Galatasaroy”da o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.
Qimmatbaho hujumchiga Evropaning bir necha grandlari ham og‘iz solayotgan edi. Biroq Osimxen Saudiya Arabistoniga ko‘chb o‘tishni ma’qul topdi.
Fikrlar