Chalxanoglu va "Inter" bu ishni oxiriga etkazishga yaqin turibdi

  • 4 mart, 2023, 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyalik yarim himoyachi Xakan Chalxanoglu "Inter" bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirishga yaqin turibdi.

Tecno

Italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 29 yoshli futbolchi va “neradzurrilar” o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda.

Manbaga ko‘ra, yangi kelishuv bo‘yicha Chalxanogluning maoshi bir mavsum uchun 5,5 million evro va yana 500 000 evro bonuslarni o‘z ichiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, Chalxanoglu joriy mavsum A Seriyada jami 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!