Chalxanoglu vataniga qaytish uchun har qanday shartga rozi bo‘ladi

  • 4 sentabr, 10:54
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter"ning turkiyalik yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu Italiyani tark etib, vataniga qaytish niyatida. Bu haqda "Fotomac" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 31 yoshli xavbek "Galatasaroy"ga o‘tish uchun har qanday shartga rozi ekanligini bildirgan. Shundan so‘ng turk grandi "Inter" prezidenti Marotta bilan uchrashuv o‘tkazdi. Dastlab "neradzurrilar" Chalxanogluni qishgacha qo‘yib yuborishni istamagan bo‘lsa-da, vaziyat o‘zgarishi mumkin. Sababi "Galatasaroy" transferni 12 sentyabrgacha yakunlamoqchi.

"Sariq-qizillar"ning rasmiy taklifi 15-20 million evroni tashkil etdi. Chalxanoglu 2021 yildan beri "Inter" safida to‘p tepmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!