
"Chelsi" 60 ming sig‘imli yangi stadion qurishi mumkin
Londonning “Chelsi” klubi o‘zining uy stadioni hisoblangan “Stemford Bridj”da qolishni va uning sig‘imini 55 mingga etkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.
Bundan avvalroq matbuotda "aristokratlar" "Erls Kortda" yangi stadion qurmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Biroq, agar klub egasi Todd Bouli direktorlar kengashidagi o‘rin uchun kurashda Behdad Iqboliga yutqazsa, "Erls Kortda" jamoa uchun yangi arena qurilishi mumkin. Gap shundaki, Bouli "Chelsi" 60 000 sig‘imli yangi stadionga ko‘chib o‘tishi tarafdori hisoblanadi. Iqboli esa "Stemford Bridj" stadionini rekonstruktsiya qilish orqali uning sig‘imini 55 ming muxlisga etkazish tarafdori edi.
Ma’lumot uchun, “Stemford Bridj” 1877 yilda qurilgan va so‘nggi bor o‘tgan asrning 90 yillarida rekonstruktsiya qilingan. Uning hozirgi sig‘imi 40 000 tomoshabinga mo‘ljallangan.
Fikrlar