“Chelsi” bir asrdan oshiq vaqt bunaqa sharmanda bo‘lmagandi

  • 22.04.2026 07:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” Angliya chempionatida 114 yil ichida ilk bor ketma-ket beshta o‘yinda mag‘lub bo‘lib, birorta ham gol ura olmadi.

21 aprel kuni London jamoasi safar uchrashuvida “Brayton”ga 0:3 hisobida yutqazdi.

34-tur doirasidagi ushbu o‘yinda Kadiog‘lu 3-daqiqada hisobni ochdi, Hinshelvud 56-daqiqada ustunlikni oshirdi, Uelbek esa 90+1-daqiqada uchinchi golni kiritdi.

Bundan avval “Chelsi” futbolchilari “Manchester Yunayted”ga 0:1, “Manchester Siti”ga 0:3, “Everton”ga 0:3 va “Nyukasl”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

34 ta o‘yindan so‘ng jamoa 48 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

Kelasi turda “Chelsi” 4 may kuni “Nottingem Forest”ga qarshi o‘ynaydi. Ushbu bahs Londondagi “Stemford Brij” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!