“Chelsi” bir jamoadan uchta o‘yinchini olib qo‘ymoqchi

  • 4 may, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyaning Bild nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Chelsi” yozda Bundesliga transfer bozoriga katta sarmoya bilan kirib borishni mo‘ljallayapti.

Tecno

Londonliklar “Borussiya Dortmud”ning uch nafar vakiliga ko‘z tikmoqda. “Aristokratlar”ga dortmundliklar darvozaboni Gregor Kobel, hujumkor futbolchilar – Jeymi Bayno-Gittens va Karim Adeyemi kerak.

Bu o‘yinchilar orasida eng asosiy nishon Jeymi Bayno-Gittens hisoblanadi. 20 yoshli ingliz futbolchisini Angliyaga qaytarish uchun londonliklar uning maoshini ikki baravarga oshirishga tayyor.

Gregor Kobel va Karim Adeyemiga “Chelsi”dan tashqari Evropaning boshqa klublaridan ham chorlovlar bo‘layotgani aytilmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Chelsi” va “Borussiya” o‘rtasida yaxshi hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Hozir dortmundliklar safida “aristokratlar”ga tegishli Karni Chukvuemeka ijara asosida o‘ynayapti. Bundan tashqari, dortmundliklar ilgari ikki bor jamoa sharafini himoya qilgan Jeydon Sanchoni “Borussiya”ga qaytarish istagini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!