"Chelsi" Kostani jazoladi
Londonning “Chelsi” klubi hujumchi Diego Kostani iyul oyida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda ishtirok etmasdan Braziliyada qolgani uchun jarimaga tortdi.
28 yoshli futbolchi ayni vaqtda yakka tartibda mashg‘ulotlarni olib bormoqda. “Aristokratlar” esa Kostani ushbu qilig‘i uchun 300 ming funt miqdoridagi jarimaga tortdi.
Bundan ilgariroq esa Kosta “Chelsi” bosh murabbiyi Antonio Konteni inson sifatida hurmat qilmasligini aytib o‘tgan edi.



Fikrlar