
"Chelsi" Nikolas Jekson uchun kosmik narx so‘ramoqda
"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. 24 yoshli senegallik futbolchiga "Manchester Yunayted" va "Aston Villa" klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
"Sky Sports" jurnalisti Kave Solxekolning xabariga ko‘ra, "aristokratlar" Jeksonni 80-100 million funt (taxminan 92-115 million evro) deb baholamoqda. Bu juda baland — kosmik — narx sifatida ko‘rilmoqda.
Londonliklar ushbu bahoni belgilashda Ugo Ekitikening transferidagi summaga tayanayotgani qayd etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, "Liverpul" Ekitike uchun bonuslar bilan birga 95 million evro to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, Nikolas Jekson londonliklar safida shu paytgacha 81 o‘yinda ishtirok etgan, 30 gol urgan va 12 golli pas muallifi bo‘lgan.
Fikrlar