“Chelsi” yanvarda supertransferlarni amalga oshirmoqchi

  • 5 yanvar, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” qishki  transferlar davrida jamoa tarkibini kuchaytirishga urg‘u qaratadi. Londonliklar yangi o‘yinchilar olib kelinadigan pozitsiyalarni aniqlab oldi.

Tecno

Manbalarga ko‘ra, bosh murabbiy Maurisio Pochettino klub rahbariyatiga jamoa yuqori darajada o‘ynashi uchun unga yangi darvozabon, o‘ng qanot himoyachisi va ko‘p gol ura oladigan hujumchi kerakligini ma’lum qilgan.

Murabbiylar shtabi himoya chizig‘iga “Aston Villa” vakili Metti Keshni olib kelishni mo‘ljallayapti. Bu futboli juda ko‘p jarohat olayotgan jamoa sardori Ris Jeymsning o‘rnini egallashi kerak.

“Aristokratlar” asosiy hujumchi vazifasini “Napoli” to‘purari Viktor Osimxen yoki “Inter” forvardi Lautaro Martinesga topshirmoqchi.

Darvozabon masalasida londonliklarga “Atletik” va Ispaniya terma jamoasi posboni Unai Simonening o‘yini ma’qul kelgan. Zaxira varianti sifatida “Valensiya”ning gruziyalik darvozaboni Georgiy Mamardashvili ro‘yxatga kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!