
"Chelsi"dagi 7 yillik faoliyatida biror marta ham maydonga tushmagan darvozabon jamoadan ketmoqda
Londonning “Chelsi” klubi darvozaboni Matey Delach jamoadan ketishi haqida e’lon qildi.
25 yoshli xorvatiyalik darvozabonning so‘zlariga ko‘ra bunga Angliyada ishlash uchun ruhsatnoma olish bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan.
Qayd etish lozimki, Delach ayni damda “aristkoratlar” safidagi futbolchilar orasida klubda eng uzoq vaqtdan buyon birga bo‘lib kelayotgan futbolchi hisoblanadi.
Transfermarkt saytining ma’lum qilishicha «Chelsi» Delachni 2010 yil «Inter Zapreshich» klubidan 2,7 million funt evaziga sotib olgan.
E’tiborlisi, o‘tgan 7 yil ichida Delach biror marta ham “Chelsi” tarkibida maydonga tushmagan. Londonliklar uni o‘tgan davr mobaynida 10 marta ijaraga berishgan.
Fikrlar