“Chelsi”ning bir darvozasiga 8 ta golkiper yig‘ilib qoldi

  • 06.08.2024 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” yozgi transferlar bozorida faollik ko‘rsatmoqda. Londonliklar yana bir xaridni muvaffaqiyatli yakunlandi. Belgiyaning “Genk” klubi darvozaboni Mayk Penders taqdirini “Chelsi” bilan bog‘ladi.  

Qizig‘i shundaki, bu transferdan keyin “Chelsi” ixtiyoridagi golkiperlar soni sakkiztaga etdi. Boshqa birorta jamoada bunday bo‘lmasa kerak.

Hozirning o‘zida “aristokratlar”da Kepa Arrisabalaga, Robert Sanches, Jorje Petrovich, Markus Bettinelli, Lukas Bergstrem, Gabriel Slonina, Filip Yorgensen kabi darvozabonlar bor.

Jamoaga sakkinchi darvozabon bo‘lib qo‘shilgan 19 yoshli Mayk Penders hozircha asosiy tarkibga da’vogarlik qilmaydi. U faoliyatini ijara asosida “Genk” klubida davom ettiraveradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!